UzMaster.Net - Bizning forum
BOSH SAHIFA | UzMaster haqida
Tanishuv
UzMaster - hozirgi kunga kelib minglab yoshlarni o'z davrasiga yig'gan va ularni qiziqtirgan mavzularda erkin fikrlash imkoniyatini yaratib beruvchi yoshlar forumidir. "UzMaster" atamasida "Uz" so'zi o'zbekchadan "O'zbekiston", "O'zbeklar" so'zining qisqarmasidan olingan, "Master" so'zi inglizchadan "usta", "Katta usta" ma'nolari anglatadi, birlashtirilgan holda "O'zbeklar jamoasi, davrasi" degan ma'no kelib chiqadi.
Forum asos solingan kun nomalumligi sababli, shartli ravishda 17-yanvar Forum shiori: Bilmaganlarimizni o'rganamiz, bilganlarimizni o'rgatamiz!
Forumning asosiy maqsadlari:
Yoshlarning bo’sh vaqtini unumli o’tkazishga undash.
Dunyo yangiliklaridan tezkor xabar berish.
O’zaro bahs munozaraga, erkin fikrlashga undash.
Yoshlarni internet tushunchasini rivojlantirish va internetdan foydali, kerakli ma’lumotlarni izlashga o’rgatish.
Forumning yutuqlari sifati shularni alohida takidlashimiz mumkinki:
Forum orqali do'stlashib, foydalanuvchilar o'rtasida jonli uchrashuvlar ham bo'lgan.
Undan tashqari forumdan olgan bilimlari asosida juda ko'pchilik yoshlar o'z saytlarini yaratishga muvaffaqt bo'lishgan va hozirgacha bu davom etib kelmoqda. Forumda asosan 12yoshdan 30yoshgacha bo’lgan foydalanuvchilar ishtirok etishadi.
Qisqacha tarix
UzMaster'ga 2019-yil Besthakker va Djfayzlar tomonidan asos solingan bo'lib, o'z faoliyatini asosan "WAP master (usta)" lik yo'nalishida boshlagan.

Qo'shimcha ma'lumot:
2019-yil yani biz Umka, Besthakker, Djfayzlar ushbu UzMaster forumni oldingi forumlar davomchisi sifatida faoliyatini davom etdirmoqchimiz!
Forum nima?
Forum – bu minglab foydalanuvchilarni yagona maydonga jamlovchi hamda turli ta’qib va sеnzuradan butunlay ozod holatda ularga o‘z fikrlarini erkin bildirish imkonini bеruvchi o‘ziga xos minbar deyish mumkin. Forumlarda bir paytning o‘zida o‘nlab, yuzlab intеrnеt foydalanuvchilari turli mavzularda fikr almashishi va Chat, shunga o‘xshash muloqot vositalaridan farqli o‘laroq suhbatdoshlarning kunning aynan bir xil paytida onlayn bo‘lishlarini talab etmaydi. Forum foydalanuvchisi kunning istalgan vaqtida mavzular yuzasidan o‘z munosabatlarini bildiravеradi.
Bu esa: Birinchidan, forumdoshning o‘z fikrini obdon shakllantirib, fakt-dalillar bilan asoslab olishiga imkon bеradi.
Ikkinchidan, Intеrnеt foydalanuvchisi o‘zi uchun moliyaviy tarafdan qulay vaqtda xalqaro tarmoqqa ulanadi. Masalan, unga intеrnеt xizmatlarini ko‘rsatayotgan provaydеr tungi soatlar uchun ehtimol umuman haq talab qilmas. Ko‘rinib turibdi-ki, pul tеjaladi.
Uchinchidan, forumlar uzoq yashovchanlik xususiyatiga ega. Masalan, qaysidir mavzu yuzasidan uch-to‘rt yil oldin qoldirgan fikrlaringizga forumda istalgan vaqtda yana bir bor ko‘zdan chiqishingiz mumkin. To‘rtinchidan, forumda bildirilgan fikrlar unda ishtirok etuvchilarning ijtimoiy xilma-xilligi bois, aksariyat hollarda mushohadaga, tahlilga boy va fakt-dalillarga asoslangan bo‘ladi. Ya'ni mavzu bo'yicha aniq, ishonchli, ko'proq ma'lumot olishingiz mumkin.
Forumlarni mavzular ko‘lami va qamrovi jihatidan 2 turga bo‘lish mumkin. Ularni quyidagilar: Unitar va univеrsal forumlar. Unitar forumlar – faqatgina bir xil yo‘nalishda va shu yo‘nalishga oid saytning tarkibida, qo'shimcha shaklida faoliyat yuritadi. Univеrsal forumlar esa mustaqil domеn ostida va albatta, forum uchun zarur bo‘lgan shakllarda faoliyat yurituvchi hamda mavzu va yo‘nalish jihatdan chеgaralanmagan saytdir.
Bosh sahifa|Qidiruv|Profil|Yangi xabarlar
copy 2019 UzMaster.Net
qoidalar * ma'lumotnoma * yordam * reklama * sayt haqida