UzMaster.Net - Bizning forum
Qoidalar
Umumiy qoidalar
1.1
Forumda tartib uchun Administrator va maxsus tayinlangan Moderatorlar javob beradi. Ular qoidalarga to'g'ri kelmaydigan har qanday xabar yoki mavzuni ogohlantirishsiz yopish, o'chirish, tahrirlash huquqiga egadir.
* 1.2
Qoidalarni bilmaslik sizni jazodan ozod qilmaydi, aksincha bu ham qoida buzarlik hisoblanadi.
Jazo muddati: 1 minut
* 1.3
Forumda umumiy til o'zbek tilidir. Faqat noilojiy vaziyatlardagina boshqa tildan foydalanishga vaqtincha ruhsat etiladi.
Jazo muddati: 2 kun
1.4
Forumdan ro'yhatdan o'tishingiz qoidalarga roziligingizni anglatadi.
1.5
Qoidalarda keltirilmagan boshqa vaziyatlar bo'yicha masalalarni Administrator hal qiladi.
1.6
Administrator, foydalanuvchi kiritgan ma'lumotlar uchun javobgar emas.
1.7
Administrator qoidalarga o'zgartirish kiritish va yangilarini qo'shish huquqiga ega.
1.8
Foydalanuvchi o'ziga qo'yilgan aybni boshqa birovga to'nkashga hojat yo'q. Har kim o'zi uchun javob beradi.
1.9
Foydalanuvchilar xabarlar, tangalar soni, mansabi yoki ro'yhatga olingan vaqtiga qarab emas balki boshqalarga yordamiga qarab baholanadi. Forumda murojat "siz" bilan bo'ladi, foydalanuvchini katta-kichikligiga qaramasdan.
Qarshilik
* 2.1
Agar foydalanuvchi qoidalarga qarshilik qilsa, uni akkounti ma'lum muddatga bloklanadi yoki umuman o'chirib tashlanadi.
Jazo muddati: 5 kun
2.2
Arzlarni faqat Administratsiya a'zolari ko'rib chiqib, qaror qabul qiladi va qaror sabablarini yashirish huquqiga ega.
* 2.3
Foydalanuvchi ban olgan paytda boshqa akkountidan xabar qoldirsa ban muddati uzaytiriladi va boshqa akkountlari o'chiriladi.
Jazo muddati: 5 kun
2.4
Agar foydalanuvchi akkountini butunlay o'chirilishini xohlasa, bu haqida Administratorlarga shaxsiy xabar yo'llashi lozim. Ma'lum muddat ichida talabingiz qondiriladi.
2.5
Qaysi moderatorni noxaq deb hisoblasangiz, bu haqida batafsil Administratorga shaxsiy xabar orqali arz qilishingiz mumkin.
Ro'yhatdan o'tish
* 3.1
Har bir foydalanuvchi faqat bitta akkount ochishi mumkin. Boshqa akkountlar ogohlantirishsiz o'chiriladi.
Jazo muddati: 999 kun
* 3.2
Boshqa foydalanuvchilarni nikini nusxalashtirish (klonlashtirish) taqiqlanadi.
Jazo muddati: 2 kun
* 3.3
Tahallus (nik) tarkibida haqoratli so'zlar, sayt nomlarini ishlatish taqiqlanadi.
Jazo muddati: 2 kun
* 3.4
Tahallus (nik) tarkibida maxsus belgilardan foydalanish taqiqlanadi.
Jazo muddati: 2 kun
* 3.5
Akkountni birovga berish yoki sotish taqiqlanadi.
Jazo muddati: 3 kun
3.6
1) Agarda siz forum qoidalarini ko'p marotaba buzgan bo'lsangiz yoki ko'p akkountga ega bo'lsangiz sizni akkountingiz o'chiriladi, lekin qoldirgan xabar va mavzularingiz o'chirilmaydi.
2) Agarda siz o'z xohishingiz bilan akkountingizni o'chirilishini so'rasangiz unda quyidagicha yo'l tutiladi: Akkountingiz o'chirilmaydi, lekin deaktivlashtiriladi. Qoldirgan xabar va mavzularingiz o'chirilmaydi.
3) Agarda siz o'z xohishingiz bilan akkountingizni deaktivatsiya qilinishini so'rasangiz unda talabingiz qoldiriladi. Akkountingizni yana aktivlashtirish Administratsiya tomonidan deaktivatsiya sabablarini ko'rib chiqgan holda qaror qabul qilinadi.
Mavzu yaratish
4.1 Bir xil o'xshash mavzu
Bir xil o'xshash mavzular ochish taqiqlanadi. Agarda shunday mavzu bor bo'lsa (agar yopilgan bo'lsa Moderatorlarga murojat qiling) o'sha mavzuda davom ettiring.
4.2 Flud mavzu
Bir vaqtning o'zida podforumlarda bir xil mavzular yaratish taqiqlanadi.
4.3 Yopilgan mavzularni davom ettirish
Administrator tomonidan yopilgan mavzularni davom ettirish taqiqlanadi.
* 4.4 Hech qanday ma'lumotga ega bo'lmagan mavzu nomlari
Mavzu nomi uni tarkibini (qisman bo'lsada) aks ettirishi lozim. "Yordam kerak", "Muammo bor" kabi ko'rinishdagi mavzular ogohlantirishsiz o'chiriladi yoki o'zgartiriladi.
Jazo muddati: 2 kun
* 4.5 Aniq bir foydalanuvchiga murojat
Forumda ma'lum bir foydalanuvchiga qaratilgan mavzu ochish taqiqlanadi. Bunday vaziyatlarda shaxsiy xabarlardan foydalanishingiz mumkin.
Jazo muddati: 1 kun
* 4.6 Ajratib ko'rsatilgan mavzular
Mavzularni nomlash faqat katta harflarda (bunga extiyoj bo'lmasa ham) foydalanish va har xil belgilar bilan bezak berish taqiqlanadi.
Jazo muddati: 1 kun
* 4.7 Tematika
Millatchilik, davlat siyosatiga aralashish, diniy mavzulardagi mavzular qat'iyan taqiqlanadi.
Jazo muddati: 3 kun
* 4.8 Podforumlar uchun alohida mavzular
Bazi podforumlarda shu bo'lim uchun mavzu qoidalar mavjud, ular bilan tanishib chiqib amal qilishingiz lozim.
Jazo muddati: 1 kun
Xabar qoldirish
* 5.1 Flud
Mavzularda hech qanday (yoki juda kam) ma'lumotga ega bo'lgan xabarlar qoldirish taqiqlanadi.
Jazo muddati: 3 kun
* 5.2 Offtop (mavzudan chetlashish)
Belgilangan mavzudan chetlashish, mavzuga aloqador bo'lmagan xabar qoldirish taqiqlanadi.
Jazo muddati: 2 kun
* 5.3 Fleym
Shaxsiy adovat sababli qo'pol ohangda (tekkizib) gapirish, masxaralash taqiqlanadi.
Jazo muddati: 5 kun
* 5.4 Reklama
To'g'ridan to'g'ri ssilka o'rnatib, ruhsat etilmagan joylarda saytga taklif qilish taqiqlanadi. Reklama uchun alohida bo'limimiz mavjud.
Jazo muddati: 3 kun
* 5.5 So'kinish
Senzuraga to'g'ri kelmaydigan so'zlardan foydalanib xabar qoldirish taqiqlanadi.
Jazo muddati: 5 kun
* 5.6 Noto'g'ri ma'lumot
Xabar matni noto'g'ri, yolg'on ma'lumotlardan iborat bo'lmasligi shart.
Jazo muddati: 10 soat
* 5.7 Xabarlarni bezatish
Xabar matnini quyidagi yo'llar bilan bezatish taqiqlanadi: 1) haddan ortiq smayllar 2) jargon so'zlar 3) grammatik xatolar 4) har-xil rang berish, shriftlarni o'zgartirish
Jazo muddati: 1 kun
* 5.8 Qoidabuzarlikga undash
O'zb. Res. qonunlarini yoki forum qoidalarini buzishga undovchi xabarlar qoldirish taqiqlanadi.
Jazo muddati: 5 kun
* 5.9 Targ'ibot
Zo'ravonlik, fashizm, terarizm, irqchilik, millatchilik, din va boshqa O'zb. Res. qonunlarida taqiqlangan holatlarni targ'ib qilish taqiqlanadi.
Jazo muddati: 999 kun
* 5.10 Buzg'unchi dasturlar
Buzg'unchi dasturlar ya'ni virus, spamer, shell va hokozolarni kabi dasturlarni forumga yuklash yoki yuklash uchun ssilka qo'yish taqiqlanadi.
Jazo muddati: 3 kun
* 5.11 Mualliflik huquqi
Mualliflik huquqiga ega bo'lgan maqola, dastur va hokozolarni muallif ruhsatisiz tarqatish, so'rash taqiqlanadi.
Jazo muddati: 1 kun
* 5.12 Ma'muriyat ishlarni tahlil qilish
Ma'muriyat ishlarni ochiqdan ochiq tahlil qilish taqiqlanadi. Savollar, muammolar kelib chiqqan holda shaxsiy xabar orqali ma'muriyat bilan bog'lanishingiz mumkin.
Jazo muddati: 5 kun
* 5.13 Qarz so'rash
Pul vositalarini o'zingiz yoki biron kim uchun qarzga so'rash taqiqlanadi.
Jazo muddati: 3 kun
* 5.13 Xizmatlar
Spam, hisoblagichlarni suniy oshirish, buzg'unchilik xizmatlarini taklif qilish yoki sotish taqiqlanadi.
Jazo muddati: 3 kun
* 5.14 Ruhsatsiz moderatorlik qilish
Ruhsatsiz moderatorlik bilan shug'ullanish, boshqa foydalanuvchilarga tanbex berish taqiqlanadi. Qoidabuzarlik haqida xabar berish uchun "Arz" ssilkasini bosishingiz kerak.
Jazo muddati: 1 kun
* 5.15 To'g'ri yozish
Iltimos, o'zbek tili grammatikasini buzmagan holda yozishga harakat qiling. Bu sizni qanchalik "bilimliligingizni" bildirib turadi.
Jazo muddati: 10 soat
* 5.16 Reytingni oshirish
Har qanday holatda reytingni oshirishni so'rash taqiqlandi.
Jazo muddati: 1 kun
* 5.17 Qo'shimcha qoidalar
Ba'zibir podforumlarda shu podforumga tegishli qo'shimcha qoidalar mavjud. Xabar qoldirishda shu qoidalarga amal qilinishi shart.
Jazo muddati: 2 kun
Tavsiyalar
6.1
Suhbatdoshingizga hurmat bilan munosabatda bo'ling, fikrlaringizni tushunarli va aniq faktlar yordamida bayon eting.
6.2
O'zingizni haqorat qilindi deb hisoblasangiz ham unga haqorat bilan javob qaytarmang. Biroz kuting yoki ma'muriyat a'zolariga shaxsiy xabar orqali xabar bering. Qolganini ma'muriyat a'zolari hal qilishadi.
6.3
Agar qoidabuzarlikni ko'rsangiz, bu haqida forumga jar solishni keragi yo'q. "Arz" ssilkani bosing va sababini yozib qoldiring, ma'muriyat a'zolari ko'rib chiqib chora ko'rishadi.
6.4
Savol berish yoki mavzu ochishdan oldin, forumdan izlab ko'ring, balki sizni qiziqtirayotgan narsa allaqachon bor bo'lishi mumkin.
Bosh sahifa|Qidiruv|Profil|Yangi xabarlar
copy 2019 UzMaster.Net
qoidalar * ma'lumotnoma * yordam * reklama * sayt haqida