UzMaster.Net - Bizning forum
Internet tijorat | Pul ishlash
Mavzu: Internet orqali pul ishlash sirlari (boshlovchilar uchun)
Xabarlar
#1 Timka [27] OFF TXT|
31 Iyul, 1:57
Sizning shaxsiy saytingiz bormi? Unda hazina sandiqchasi qo'limda deyavering. Agar yo'q bo'lsa kayfiyatingizni tushurmang, hozirgi kunda sayt ochishni yosh bola ham eplay oladi, faqat ozgina uquv va e'tibor bo'lsa bo'lgani.

Shaxsiy sayt yaratish

1. Pulli hosting
1.1. Sayt yaratish:
Siz pulli hostingni tanlagan ekansiz, avvalambor domen olishingiz kerak bo'ladi. Masalan, site.ru, site.com, site.net va boshqalar. Ho'sh domenni qayerdan olsa bo'ladi? Javob oddiy, reg.ru, tld24.net kabi saytlardan akount ochasiz va hisobingizni kerakli miqdordagi pulga to'ldirib, domen olaverasiz.
1.2. Saytni boshqarish:
Domen olganingizdan keyin, kerakli hostingni tanlaysiz (masalan, keo.su), va unga parkovka qilib olasizda boshqaraverasiz. Agar php tilini tushunmasangiz bu ishni birorta ustasiga pul berib qildirganiz ma'qul. U sizga tayyor shablonlar tayyorlab beradi va saytingizni huddi odnoklassniki.ru saytidagi profilingizdagidek oson boshqaraverasiz.
1.3. Qancha pul ketadi:
Demak hisoblaymiz, domen uchun yiliga o'rtacha 200rubl, hosting uchun 1 oyga 70rubl, agar birortasiga saytingizni tayyorlatadigan bo'lsangiz yana 1000 rubl atrofida. Demak, boshlab olish uchun sizdan 1270rubl (160000so'm atrofida) pul ketadi.

1.4. Pulli domenni afzalliklari:
1.4.1. Saytingiz boshqa xech qanday saytga qaram bo'lmaydi;
1.4.2. Shablonlarni tayyorlab olgandan so'ng boshqarish juda sodda
1.4.3. Sayt bajarishi mumkun bo'lgan barcha murakkab elementlar (online o'ynlar, online video, qidiruv rejimi va b.)ni o'rnata olish imkoniyati.
1.4.4. Cheklovsiz fayl yuklash imkoniyati.

1.5. Pulli domenni noqulayliklari:
1.5.1. Saytingiz yetarli miqdorda pul ishlash yoki ishlamasligidan qat'iy nazar to'lovlarni o'z vaqtida to'lab borish kerak
1.5.2. Boshlab olishni murakkabligi (php tili va skriptlar bilan ishlash hammani ham qo'lidan kelavermaydi)

4 minut dan so'ng yozdi:
2. Bepul hosting
2.1 Sayt yaratish:
lark.ru yoki wox.su saytlaridan biriga oson va bepul registratsiya qilasiz (Esingizda bo'lsin, siz kiritgan login bu sayt nomi bo'ladi).
2.2. Saytingizini kerakli ma'lumotlarga to'ldirasiz va odamlar saytingizga kira boshlashi bilan pul ishlashni boshlaysiz.
2.3. Bepul hostingni afzalliklari ( lark.ru misolida):
2.3.1. Umuman pul ishlatmaysiz
2.3.2. Cheksiz fayl yuklay olasiz
2.3.3. Boshqarishga ko'p vaqt talab qilsa ham lekin, judayam sodda

2.4. Bepul domenni noqulayliklari:
2.4.1. Saytingiz 3-darajali domen ostida bo'lgani uchun har doim lark.ru so'zini o'zi bilan ergashtirib yuradi (masalan, site.lark.ru)
2.4.2. Ba'zi pul to'lovchi saytlar (Masalan, google adense) saytingizni qabul qilishmaydi
2.4.3. Saytingiz doim havf ostida bo'ladi va qandaydir sabab bilan lark.ru sayti yopiladigan bo'lsa sizning saytinggiz ham yo'q bo'lib ketadi.
2.4.4. Fayllarni 2.4Mb dan kattarog'ini yuklay olmaysiz yoki 5Mb dan fayllarni 100Mb gacha yuklab, keyin butkul muzlaysiz (Hozir yangi sayt ochganlar uchun shunaqa).

Demak domen olish va sayt ochish haqida bir muncha tushunchaga ega bo'ldingiz. Endigi navbat saytingizga odam yig'ishga keldi. Qanday qilib odamlarni saytingizga jalb qilsa bo'ladi:
1. Saytingizni qiziqarli va ommabop materiallarga boyiting
2. Odamlar ko'p kiradigan saytlarga yoki ijtimoiy tarmoqlardagi gruppalarga pul to'lab saytingizni reklama qiling
3. O'zingiz ijtimoiy tarmoqdan, saytingiz uchun guruh oching va unga odamlarni yig'ing
4. Saytingizga har kuni yangilik kiritib turing, toki bugun kirgan odamlar ertaga ham saytingizga kirsin.

Saytingizga xech bo'lmasa 50-60ta odam kiradigan bo'ldimi? Demak pul ishlashni boshlasangiz bo'ladi. Pul ishlash uchun nima qilish kerak? Javob quyidagicha:
1. O'zingizga ma'qul bo'lgan PARTNYORKAdan ro'yhatdan o'tasiz
2. Saytingizni qo'shasiz
3. Sizga berilgan kodni saytingizga joylashtirasiz va pul ishlashni boshlaysiz

PARTNYORKAlar nima? Ularni qayerdan topsa bo'ladi?
PARTNYORKA - bu reklama beruvchi va reklama qiluvchi o'rtasidagi vositachi. Ularni sizning orqangizdan non yeydigan tekinxo'r desa ham bo'ladi, lekin ularsiz pul ishlab ham bo'lmaydi. Men sizga eng ommabop partnyorkani tavsiya qilishim mumkun:

Visitweb - eng ishonchli partnyorkalardan biri. 1 click uchun o'rtacha 0.2rubl to'laydi. Hisobingizdagi mablag' kamida 15 rubl bo'lganidan keyin 1 kun ichida (Shanba va yakshanbadan tashqari) webmoney yoki yandex kashelogingizga tashlab beradi. 100% ishonchli. Ref ssilka: http://visitweb.com/?r=rxgCW7xL8I67Ub7rdTmgJOsbnEXPVPA

8 minut dan so'ng yozdi:
Webmoney nima, undagi pullarimni nima qilaman?
Sizda shunga o'xshash savol tug'ildimi? Unda yaxshlab uqib oling:
webmoney.ru - bu internetdagi pullaringizni saqlab beruvchi vertual hamyon. Siz bu pullarni barcha online hizmatlar, telefon raqamga paynet qilish va hatto soliqlarni to'lash uchun ham ishlatsangiz bo'ladi. Yoki menga o'xshab, pulni visa plastik kartasiga tushurib oling va yaqin oradagi bankamatlardan naqd qilib chiqarib olasiz. 1 oyda "Tepakal bobo"ni rasmi tushirilgan qog'ozdan 1tadan chiqarib tusangiz, buni nimasi yomon? Buning uchun webmoney.ru saytiga kirib passport ma'lumotlaringiz asosida akount ochishni o'zi kifoya.
+ (2): DJ_INTERNET, Umka,
Mavzuga javob berish
Mavzuni txt shaklida saqlab olish
Bosh sahifa|Qidiruv|Profil|Yangi xabarlar
copy 2019 UzMaster.Net
qoidalar * ma'lumotnoma * yordam * reklama * sayt haqida